Аndijon davlat tibbiyot instituti viloyatimizdagi taʼlim muassasalari bilan doimo hamkorlikda faoliyat olib boradi. Xususan, Аndijon olimpiya zaxiralari kolleji oʼquvchilari bilan sport musobaqalari boʼyicha oʼrtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish odat tusini olgan. «Salomatlik oyligi» doirasida yana bir bellashuv o’tkazildi. АDTI sport zalida basketbol sporti ixlosmandlari jam boʼldilar. Kollej oʼquvchilari hamda talabalar mazkur sport turi boʼyicha oʼz mahoratlarini namoyish etdilar. Musobaqadan maqsad- gʼalaba emas, doʼstona va sport boʼyicha tajriba almashinuvi boʼldi.