alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MAʼNAVIYAT KENGASHINING NAVBATDAGI HISOBOT YIG”ILISHI OʻTKAZILDI.

10:27 14.02.2022

Bu galgi hisobot yig’ilishi 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyatiga bagʻishlandi.

Yigʻilishda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Abduhalimov, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova, fakultet dekani oʻrinbosarlari, tyutorlar ishtirok etdi.

Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasiga qamrab olingan maqsadlarda oliy taʼlim muassasalariga alohida eʼtibor qartilgani, oliy taʼlim qamrovini 38 foizga oshirilishi, 1000 oʻrinli talabalar turar joylarini barpo etish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanish, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning jamiyat hayotida faol ishtirokini taʼminlash, Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish kabi mavzularda bir qator vazifalar belgilab berilganligi borasida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, institutda ahloq-odob normalari, kiyinish madaniyatini yanada shakllantirish, talabalar turar joyida navbatchilikni reja asosida davom ettirish, har bir talabaga alohida yondashish kabi mavzularda ham fikr-mulohazalar va takliflar berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!