alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MAʼNAVIYAT KENGASHINING NAVBATDAGI YIGʻILISHI TYUTORLARNING FAODLIYATIGA BAGʻISHLANDI

20:29 16.03.2022

Tyutorlik lavozimi joriy etilgach, talaba qalbiga yana bir yoʻl ochildi. Boisi talabalarning iqtidorini aniqlash, ular bilan individual ishlash, yashash sharoitlari va muammolarini oʻrganishda tyutorlarning faoliyati samara bermoqda.

Andijon davlat tibbiyot institutida ham mazkur tizimda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Izlanuvchan va tashabbuskor talabalar bilan birga, ehtiyojmand, oʻzlashtirishi past yoshlarga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ularga maʼnaviy, psixologik, moddiy yordam berilmoqda.

Bugun oʻtkazilgan Maʼanviyat kengashining navbatdagi yigʻilishida ham tyutorlarning faoliyati oʻrganildi. Yigʻilishda institut rektori M.Madazimov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi S.Asqarov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Abduhalimov, fakultetlarning dekan oʻrinbosarlari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullar va tyutorlar ishtirok etdi.

Yigʻilish davomida  soʻz olganlar Davlatimiz rahbari raisligida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga koʻtarish va ayollarning jamiyatdagi oʻrnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilaviy zoʻravonlikning oldini olish, gender tenglikni qaror toptirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar yuzasidan hamda Oliy oʻquv yurtlari talabalari bandligini taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishlarida berilgan topshiriqlar, yoshlar oʻrtasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada mustahkamlash, talabalarni koʻrik-tanlovlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlarga jalb etish, ularning kamchilik va muammolarini oʻrganish, yoshlarning salbiy illatlar taʼsiriga tushib qolmasliklari, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, salomlashish, kiyinish odob-ahloq normalariga rioya etish kabi mavzularga toʻxtaldilar.

Shu kungacha faoliyati davomida shijoat va tashbbus koʻrsatgan tyutorlar alohida eʼtirof etildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!