Bugun, 2-avgust kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Koreya milliy transport universiteti prezidenti Yoong Seung-jo bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.
Mazkur muloqotda har ikki oliy ta’lim muassasalarining prorektorlari, fakultetlar dekanlari va mas’ullar ishtirok etdi.
Muloqot davomida bakalavriat bosqichidagi qo‘shma ta’lim dasturini magistratura bosqichida ham davom ettirish taklifi muhokama qilindi. Bunda foydalaniladigan darsliklar va o‘quv jarayonidagi yutuqlar hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar o‘z takliflarini bildirdi, ular asosida dastur faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan rejalar belgilab olindi.
Takliflarga asosan ikki oliy ta’lim muassasasi hamkorligida magistratura bosqichi uchun qo‘shma ta’lim dasturini ochish rejalashtirildi.