ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI VA
ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI
5A320313 – “TIBBIYOT VA BIOTEXNOLOGIYA MASHINALARI VA JIHOZLARI”
(TIBBIYOT MUXANDISLIGI)
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGIGA
QABUL E’LON QILADI
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi qaroridan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining 2019 yil 4 – iyuldagi 1-sonli bayoni asosida 2019/2020 o’quv yili qabuli uchun respublika oliy ta’lim muassasalari va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo’shma ta’lim dasturlari va ikki tomonlama diplom berish amaliyotini joriy etish maqsadida ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI to’lov-kontrakt asosida qo’shimcha quyidagi magistratura mutaxassisligiga
QABUL E’LON QILADI
- “TIBBIYOT VA BIOTEXNOLOGIYA MASHINALARI VA JIHOZLARI”
- (TIBBIYOT MUXANDISLIGI)
Janubiy Koreyaning Tegu universiteti (Catholic University Of Daegu) va Andijon davlat tibbiyot institutlari bilan hamkorlikda meditsina injeneriyasi (Biomedical Engineering) magistratura mutaxassisligi qo’shma ta’lim dasturlari va ikki tomonlama diplom berish kelishuviga asosan 1+1 modeli asosida (1-o’quv yilida Andijon mashinasozlik instituti va Andijon Davlat Tibbiyot institutilarida va 2-o’quv yilida Janubiy Koreyaning Tegu universitetida) tashkil etiladi.
O’quv mashg’ulotlari Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tarafidan tasdiqlangan “Institutlararo tibbiyot muxandisligi (Medical Engineering) bo’yicha qo’shma magistratura” tajribaviy dasturi asosida modul-kredit tizimida ingliz tilida olib boriladi.
Magistratura bitiruvchilariga – tibbiyot (biotibbiyot) muxandisligi bo‘yicha magistr kasbiy malakasi beriladi.
Ushbu dastur tayanch oliy ma’lumotga ega bo’lgan, texnika oliy o’quv yurtlarining elektronika, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, metrologiya, materialshunoslik, biofizika, biotexnologiya tizimlari xamda tibbiyot oliy o’quv yurtlarining bakavriyat bitiruvchilari uchun mo’ljallangan.
Dastur nomi |
Ta’lim yo’nalishi | Qabul kvotasi | Dastur shakli |
Medical (Clinical) Engineering | 5A320313 – Tibbiyot va biotexnologiya mashinalari va jihozlari | 10 |
1+1 |
ABITURIENTLAR QABUL KOMISSIYASIGA QUYIDAGI HUJJATLARNI TAQDIM ETADILAR:
– tayanch oliy ma’lumot haqida hujjatning asl nusxasi;
– 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
– 3,5 – 4,5 sm. hajmdagi 6 dona fotosurat;
– pasport nusxasi (asli ko’rsatiladi)
-Xalqaro tan olingan ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatning asli (agar bo’lsa)
Ҳujjatlar 10-avgustgacha soat 9:00 – 17:00 oralig’ida Andijon mashinasozlik institutining Mashinasozlik fakulteti binosi 218-xonada qabul qilinadi.
Murojaat uchun manzil:
Andijon shahri, Bobur shoh ko’chasi, 56,
Tel: +998 74 235 12 64, +998 90 387 71 70.
Veb sayt: www.andmiedu.uz/
Telegram: https://t.me/admission_AndMI_2019