Dastlab magistratura bo’limi boshlig’i B. Tursunov hamda yakuniy davlat attestatsiya hay’ati raisi, Andijon Davlat universiteti tarix kafedrasining dotsenti R. Shamsutdinov talabalarga imtixon topshirishning tartib-qoidalari bilan tanishtirdilar. Yakuniy dalat attestatsiya imtixonlari adolatli va shaffof ravishda o’tkazildi. Unda magistraturaning 26 ta mutaxassisliklaridan iborat jami 145 nafar talaba ishtirok etdi.