Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar, korrupsiyani oldini olish maqsadida rektor maslahatchisi X.Zokirov hamda magistratura yo‘nalishi dekani B.Tursunov magistr talabalar bilan suhbat olib bordi.
Uchrashuv davomida talabalarning darslardagi faolliklari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, korrupsiya holatlariga murosasiz munosatda bo‘lish, salbiy illatlar ta’siriga tushib qolmaslik kabi mavzularda tushuntirish ishlari olib borildi.