Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MAHALLA YOSHLARI E’TIBORDA

13:59 16.09.2024

Andijon davlat tibbiyot instituti mas’ullari tomonidan institut rektori M.Madazimovga biriktirilgan Marhamat tumani, “Qovunchi” mahalla fuqarolar yig‘inidagi qizil toifaga kiruvchi yoshlar bilan doimiy tarzda uchrashuvlar tashkil etilib, muammolar bartaraf etilib kelinmoqda.

Navbatdagi uchrashuv ham institut mas’ullari, mahalla raisi A.Abdurasulov, yoshlar yetakchisi F.Xabibullayev ishtirokida o‘tkazildi.

Unda mahallaning “Ulkan” ko‘chasida istiqomat qiluvchi Q.Anorboyevning onasi M.Anorboyeva bilan suhbat olib borildi. U gaz balon olish uchun murojaat qilgan va bu murojaat ijobiy hal etilgan. Farzandi Q.Anorboyev hozirgi kunda xorijda mehnat qilmoqda.

“Paschagir” ko‘chasida istiqomat qiluvchi hozirda Toshkent shahrida qurilish ishda ishlayotgan U.Akbaraliyevning onasi Z.Akbarova bilan suhbat olib borildi. Uchrashuvda mas’ullar tomonidan kerakli tavsiya va maslahatlar berildi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!