Skip to content MAHALLA YOSHLARI “ZAKOVAT”DA JAM BO‘LDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MAHALLA YOSHLARI “ZAKOVAT”DA JAM BO‘LDI

14:03 11.07.2025

Bugun, 11-iyul kuni «Dolzabr 90 kun» loyihasi doirasida Marhamat tumani 27-umumta’lim maktabida Andijon davlat tibbiyot instituti mas’ullari tomonidan tuman yoshlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil qilindi.

Unda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Pediatriya fakulteti xodimlari ishtirok etdi.

O‘yinni institutning “Zakovat” intellektual klubi koordinatori Sh.Abdurahmonov olib bordi. Mazkur intellektual o‘yinda 7 ta jamoa ishtirok etdi. Ushbu o‘yin davomida yoshlar turli sohalarga oid mantiqiy savollarga javob berdi.

Yakuniy natijaga ko‘ra:

1-o‘rinni “Qalqon” jamoasi:
2-o‘rinni “Universe” jamoasi;
3-o‘rinni «Yadro» jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar institut rektorining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

adti.uz
Would like to send you notifications