Mahbuba Sultonqulova hozirgi zamon onkologiya fanining yanada ravnaq topishi yo’lida xizmat qilib kelayotgan shifokor-olima. U onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasida keng qamrovli pedagogik faoliyat olib bormoqda. Bakalavrlar, magistrlar va klinik ordinatorlarga fanning dolzarb muammolari haqida akademik maʼruzalar, amaliy mashgʻulotlar, seminarlar oʻtkazib kelmoqda. 1996-yilda professor A.A.Fozilov rahbarligida «Рак молочной железы в Ферганской долине Узбекистана (клинико-патогенетическое исследование)» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Ilmiy kengashlar zalida M.Sultonqulovaga bagʻishlangan qadrlash kechasi oʻtkazildi. Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov, Stomatologiya fakulteti, kafedra xodimlari, ustozning oila aʼzolari ishtirok etdi.
Tadbir davomida M.Sultonqulovaning kasbiy faoliyati, insoniylik fazilatlari, ilmiy ishlari borasida fikrlar bildirildi. Ustoz esa oʻzining hayoti, shogirdlarining bugungi kundagi erishayotgan yutuqlari, bugungi talabalarning shijoati toʻgʻrisida toʻlqinlanib soʻzladi va ishtirokchilarga yetuk mutaxassis boʻlishda nimalarga ahamiyat qaratish lozim ekanligi to’g’risida maslahatlar berdi.