Har bir soha аyniqsa, tibbiyotda doimiy bilimlarni mustahkamlab borishish samaradorligi hamda sifatiort ishiga sabab bo’ladi. Bilimlarni mustahkamlashni tibbiyot hodimlari uchun erta –kechi bo’lmasligi hammamizga ma’lum. Hozirgi axborotlashgan davrda tibbiyotdagi yangiliklar bilan atrof hududlardagi tibbiy kadrlar malakasini oshirish yanada foydali hisoblanadi. Shu maqsadda ADTI gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri Sh.Yusupova joylarda endokrinolog mutaxassislar va terapevtlar uchun mahorarat darslari tashkil etmoqda hamda kadrlar salohiyati uchun o’z xissasini qo’shib kelmoqda.
Bu boradagi ishlardan yana biri Namangan viloyati endokrinologiya dispanserida tashkil etildi. Dotsent Sh. Yusupova viloyat mutaxassislari uchun “Osteoporozlar. Kalsiy almashinuvi buzilishlari. Tashxis va davolash usullari” mavzusida master-klass o’tkazib berdi. Dars davomida ushbu kasallik klinik ahamiyati, kelib chiqish sabablari, patogenetik mexanizmlari, zamonaviy tashxislash usullari, qiyosiy tashxis va davolash usullari haqida qiziqarli taqdimotlar orqali qatnashchilarga ma’lumotlar yetkazdi. Dars davomida kasallikni davolashda xirurik va konservativ davo usullari haqida qizg’in savol-javoblar ham bo’libo’tdi.