Bugun, 30-mart kuni Andijon shahridagi 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo, biologiya fanlariga ixtisoslashgan sinflarining o‘quvchilari uchun Andijon davlat tibbiyot institutida «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etildi.
O‘quvchilarni institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori B.Abdullajonov kutib oldi va institutning tashkil topishi, fakultetlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, iqtidorli talabalarning erishgan yutuqlari bilan tanishtirdi.
Shundan so‘ng, Akademik litsey, texnikumlar va maktablarga metodik yordam ko‘rsatish bo‘limi tomonidan o‘quvchilar Simulyatsiya markazidan joy olgan zamonaviy tibbiy jixozlar, IT markazi, Institutda tashkil etilgan Anatomiya muzeyi bilan yaqindan tanishtirildi.
Mas’ullar tomonidan o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.