O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgust kuni “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ta’lim samaradorligini oshirish borasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida yana bir onlayn ma’ruza tashkil etildi.
Tibbiy kimyo kafedrasi dotsenti I.I.Xomidov tomonidan Marahamat tumanidagi 47-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi 10-, 11-sinf o‘quvchilari uchun “Uglevodlar» mavzusida onlayn ma’ruza qilindi.
Ma’ruzada uglevodlarning tuzilishi va sinflanishi, monosaxaridlar, ularning fazoviy izomeriyasi va xossalari,disaxariblar va polisaxaridlarning sinflanishi va biologik roli to’g’risida to’liq tushunchalar berildi. Onlayn ma’ruza barcha ishtirokchilar tomonidan qiziqish bilan tinglandi. O’qituvchilar va o’quvchilar tomonidan berilgan barcha savollarga to’liq javoblar berildi.
Institut professor-o‘qituvchilarining onlayn ma’ruzalari kelgusida ham davom ettiriladi.
Ulug’bek Karimov,
ADTI davolash fakulteti dekan o’rinbosari