alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“MA’NAVIYAT” RUKNIDAGI IJODIY KECHA

08:45 15.04.2021

Ilmiy kengashlar zalida institutimizda yarim asrdan ziyod fidokorona faoliyat ko‘rsatib kelayotgan, bir qator darslik va monografiya, maqola va tezislar muallifi Odiljon Salohiddinovning “Ma’naviyat rukngidagi ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni  Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi Anvar Tadjiboyev ochib berdi va O. Salohiddinovning insoniy va kasbiy fazilatlari borasida fikr-mulohazalarini bildirdi. 1-UAShT kafedrasi mudiri Z. Salohiddinovning “Yuksak ma’naviyat sohibi”, O‘zbek tili kafedrasi mudiri M. Qo‘ziboyevaning “Ustoz risolalarini o‘qib” mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi. Muallif o‘zining “Shifokorga xos va yot fazilatlar”, “Inson ko‘ngli guldek nozik”, “Umr zarvaraqlari”, “Hayot saboqlari” kabi kitoblarida odob-ahloq normalari, inson ma’naviyati kabi mavzularga alohida e’tibor qaratganini ta’kidlab o‘tdi. Samimiy ruhda o‘tgan tadbir savol-javoblarga boy bo’ldi.