Shaxmat beradigan asosiy ko’nikmalardan biri bu- izchil fikrlash qobiliyatidir. Shu sabab shaxmatchilar o’ynash paytida qiyosiy fikr tahlilini rivojlantiradilar, bu esa yaxshi o’yinchining asosiy vositalaridan biridir. Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlari ham ishdan bo’sh vaqtlarida o’zaro shaxmat va shashka o’yinlarini o’tkazib turadilar. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus birgina yoshlarning emas, kattalarga ham ayni muddao bo’lmoqda. O’yinda bu gal ma’naviyat va ma’rifat bo’yicha mas’ullar dona surdi.