alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT ISHLARI

Salaxidinov Sarvarjon Zaynabidinovich 2021 yil 3 dekabrdan

Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor

Telefon raqami: +99897 256-24-23

Elektron manzili: salakidinov1972@mail.ru

1996 yil 16 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining «Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ma’naviy va ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi buyrug‘i e’lon qilindi. Shundan so‘ng, institut rektorining 1997 yil 13 yanvardagi 12-Sh buyrug‘iga asosan, avval tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimida ishlab kelayotgan professor X.X.Shermatov ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektor lavozimiga tayinlandi. 

1997-2002 yillarda ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘icha 1-prorektor lavozimida professor A.K.Karimov, 2002-2004 yillarda professor A.K.Shadmanov, 2004-2005 yillarda professor M.M.Yo‘ldoshev, 2005-2006 yillarda X.T.Musashayxov, 2007-2017 yillarda professor M.M.Madazimov, 2017-2020 yillarda dotsent A.X.Asxanov, 2021 yil mart-noyabr oylarida Phd Botirovlar faoliyat yuritdilar.

2018 yil 22 oktabrdan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor, 2021 yildan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor deb o‘zgartirildi.

2021 yil 3 dekabrdagi Institut rektorining 467-XSh sonli buyrug‘i bilan yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimiga Jarroxlik va urologiya kafedrasi dotsenti S.Z.Salaxidinov tayiniandi. 2021 yildan Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor lavozimi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor deb o‘zgartirildi.

Abduraxmon Abdumo‘minovich Abduxalimov –Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i

Elektron manzili: abduraxmon777@umail.uz

Telefon raqami: +99893 442 52 00

Institutda 1997 yili ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashkil etilib, dotsent K.Matyoqubov bo‘lim boshlig‘i, o‘qituvchi M.Xaydarov uslubchi lavozimiga tayinlandi. 1997 yil 25 sentabrdan boshlab I.Samadjonov bo‘lim boshlig‘i, M.Axunova esa uslubchi lavozimida ish boshladilar. 1999 yil iyun oyidan A.Maxammetova bo‘lim uslubchisi lavozimiga ishga qabul qilindi.

Bo‘limda turli davrlarda dotsent I.Sattiboev, M.Haydarov, D.Nazarova, A.Qo‘ldoshev va Sh.Rasulovlar boshliq sifatida mehnat qildilar. 2017 yil fevral oyida A.Abduxalimov bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Bugungi kunda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limida A.Abduxalimov bo‘lim boshlig‘i, A.Maxammetova, R.Usmonova, A.Ismonov va O.Dadajonovlar uslubchi sifatida talaba-yoshlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruxida tarbiyalashda fidoiylik bilan mehnat qilmoqdalar.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar quyidagi yo‘nalishlarda olib borilmoqda:

Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining rasmiy hujjatlarini tushuntirish;

G‘oyaviy-mafkuraviy yo‘nalishda;

Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda;

Diniy ekstremizm, fundamentalizm va unga qarshi kurash yo‘nalishida;

“Axborot va murabbiylik soati”, “Kafedra kuni” mashg‘ulotlari va tadbirlari yo‘nalishida;

Jinoyatchilik, huquqbuzarlik va unga qarshi kurash yo‘nalishida;

Giyohvandlik va OITS ga qarshi kurash yo‘nalishida;

Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishida;

Ijarada yashovchi talabalar o‘rtasida ish tashkil etish yo‘nalishida;

Jamoat tashkilotlari faoliyatini tashkil etish yo‘nalishida;

Institutga biriktirilgan mahalalarda targ‘ibot ishlarini olib borish yo‘nalishida;

5 ta muhim tashabbus doirasida.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!