Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat qilish boʻlimi rahbari S.Asqarov Gospital va shoshilinch pediatriya hamda Bolalar jarrohligi kafedra mudirlari va professor-oʻqituvchilari bilan davra suhbati oʻtkazdi. Suhbat davomida institutda korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik, uning salbiy oqibatlari, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, onlayn tarzda olib borilayotgan darslarda talabalarning ishtirokini taʼminlash, har bir darslar oʻz vaqtida olib borilishiga eʼtibor qaratish boʻyicha tushuntirib oʻtildi.
Shuningdek, kafedra moddiy-texnik bazasini yaxshilash, taʼlim sifatini yuksaltirish borasida ham taklif-mulohazalar tinglandi va institut rektoriga takliflar kiritildi.