Oʻzbekiston Republikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan sana munosabati bilan respublikamiz boʻylab oʻtkazilgan Yangi nafas yugurish marafoni Andijon viloyatida ham boʻlib oʻtdi. Unda Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi ham munosib ishtirok etdi.
Yugurish tadbiri Oʻzbekiston koʻchasidan start oldi. Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofada, bir maqsadda birga yugurgan ishtirokchilar finish sari intildilar. Maqsad gʻoliblik uchun kurash emas, qalbda doʻstlik, vatanparvarlik, salomatlik boʻldi.
\
Viloyat hokimligi hududida yakunlangan tadbirda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ham ishtirok etdi. Gʻoliblarni qizgʻin tabriklab, diplom hamda esdalik sovgʻalarini taqdim etdi.