alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MAQSADIMIZ – EL SOG‘LIGI

10:36 18.06.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 dekabrdagi “YUqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4063-sonli qarori ijrosi va aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ularni patronaj xizmat va profilaktik ko‘riklar bilan qamrab olish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot institutining etakchi olimlari tomonidan Farg‘ona viloyatining So‘x tumanidagi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklari davom etmoqda.

Farg‘ona viloyati So‘x tumani Demursat MFYdagi ayollar 1-akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri t.f.d., professor D.B.Asrankulova tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.


Ko‘rik davomida xonadonlarda asoratlangan tug‘ruqdan jabr ko‘rgan onalar bilan uchrashuv va tibbiy maslaxat berildi. SHuningdek axoliga sog‘lom turmush va sog‘lom ovkatlanish tamoyillari bo‘yicha targ‘ibot, sog‘lom ona- va sog‘lom bola – kelajak poydevori mavzularida davra suxbatlari o‘tkazildi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!