alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Maqsadimiz Vodiy yoshlaridan chiqayotgan startup loyihalarni qo'llab-quvvatlash

07:58 07.03.2020

Joriy yilning 2-3-mart kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tgan Startup tashabbuslari tanlovining final bosqichi ya’ni Demo-day da Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Ushbu tanlov 2019-yilning oktyabr oyida boshlanib, 2 oy davomida 2 ta bosqichi, keyingi bosqichlari 3 oy davomida bo’lib o’tdi. Ushbu vaqt davomida 600 dan ortiq topshirgan loyihalar  har bir bosqichda saralanib bordi. Bu vaqtni ichida ko’plab mentorlar, malakali startupchilar, taniqli ommalashgan loyiha egalari bilan tanishdik, suhbatda bo’ldik. Xususan, CLICK, PAYNET, MyTaxi, Ground zero, LeBazar, Arba.uz, Startupmarket.uz, innogroup, ArzonApteka, Angry birds va boshqa taniqli loyihalarning mualliflari bo’lmish Akmal Payziyev, Aziz Rahimov, Botir Orifjonov, Akmal Salixov, Nigora Akilova va bir qancha tajribali insonlar bilan muloqotda bo’lishga erishdik.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Ular o’zlarining muvafaqqiyat yo’lida qanday to’siqlar uchrashi va ularni qanday yengib o’tish kerakli haqida ma’lumotlar berishdi. Ushbu tanlov doirasida Artur Pak Vartanyan pitch-taqdimot tayyorlash qoidalari, sahna odobi haqida qimmatli trening o’tkazib berdi.  Ushbu tanlovning bosh koordinatori Usmon Rahimjonov hisoblanadi. U O’zbekistonga birinchilardan bo’lib Startup tushunchasini olib kirgan insonlardan biri hisoblanadi. Usmon Rahimjonov yurtimiz yoshlaridan chiqayotgan loyihalarni qo’llab-quvvatlash va maslahat berish bo’yicha juda ko’p ishlarni amalga oshirdi va natijada Startup-tashabbuslari tanlovini joriy qildi.
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Hozirga holatga kelib, 4 yil stajga ega ushbu tanlov har yili final bosqichiga yetib kelib, g’alaba qozongan yoshlarga beg’araz pul mukofotlarini bermoqda. Biz ham ushbu tanlovga ko’p yo’lni bosib keldik va o’sha 600 dan ortiq loyihalardan 27 tasi final bosqichini qo’lga kiritdi. Biz  ham shu yoshlar qatorida final bosqichida ishtirok etib keldik. Albatta, 50 mln. so’m miqdordagi mukofotni qo’lga kirita olmadik, lekin investor loyihamizga qiziqish uyg’otdi va amaliy yordam qilishini aytdi. Bundan tashqari loyihamiz O’zbekistonning 25ta eng yaxshi startup loyihalari ro’yxatidan joy oldi va xalqaro jurnalda chop etildi. Natijada biz loyihani yanada rivojlantirish uchun astoydil bel bog’ladik.
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Hozirda ushbu loyihaning patent hamda ratsionalozatorlk taklif hujjatlarini olish arafasidamiz. Bundan tashqari bizda yana ko’plab loyihalar mavjud. Ulardan biri bu Andijonda Startup markazini ya’ni co-working yoki startup inkubator ochishni rejasini tuzdik. Vodiyda yoshlardan chiqayotgan startup loyihalarni qo’llab-quvvatlash asosiy maqsadlarimizdan biri hisoblanadi.

Abdurauf Abdurashidov

ADTI pediatriya 3-bosqich talabasi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!