alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MARHAMAT TUMANIDA MADANIY TADBIR

14:00 22.02.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Andijon viloyati hokimligida o‘tkazilgan 11-05/20-sonli bayonida ko‘rsatilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan Asaka va Marhamat tumanlarida ko‘ngilochar tadbirlar va sport musobaqalarini tashkil etish belgilangan. Navbatdagi tadbir Marhamat tumanidagi “Xo‘jaariq” MFYda o‘tkazildi. Mahalladagi 23-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbir avvalida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduhalimov bugungi kunda talabalar, ayniqsa uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, turli tanlov, sport musobaqalariga jalb etish, bu borada institut tomonidan amalga oshiralayotgan ishlar, tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati borasida ma’lumot berib o‘tdi.

“Yosh volontyorlar” jamoasi o‘z targ‘ibot dasturlarini bemorlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish usullari bilan boshlab berdilar. Amaliy jarayonlardan foydalangan holda o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashgan mazkur jamoa aholiga sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, karantin qoidalariga amal qilish, vaksinatsiya jarayonlarida faol ishtirok etish kabi ma’lumotlarni ham keltirib o‘tdilar.

Tibbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mahalla yoshlari o‘rtasida  madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy sohalarga oid  kichik viktorinalar ham o‘tkazildi. Institutimiz talabalari bergan savollarning bari o‘z javobini topdi.

Tadbir avj nuqtada davom etdi. “Yosh gitarachilar” jamoasi jonli kuy-qo‘shiqlari bilan yosh-u qarini raqsga chorladilar. Bolajonlarning quvonchi esa barchaga xushnudlik baxsh etdi. Oqshom o‘z sepini yoygan bo‘lsa-da o‘yin-kulgu tinmadi. Madaniy hordiq yangi haftaga xursandchilik kayfiyatini ulashdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!