Andijon davlat tibbiyot institutida talabalarning siyosiy-ijtimoiy bilimlarini oshirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Ma’rifat darslari” institut rektori boshchiligida prorektorlar, fakultet dekanlari hamda tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan tizimli ravishda olib borilmoqda.


Bugun, 8-oktabr kuni Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti A.Sattorov, fakultet dekan o‘rinbosarlari tomonidan Davolash fakulteti hamda Fundamental tibbiyot yo‘nalishi talabalari uchun «Ma’rifat darsi» doirasida navbatdagi ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida ustoz Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni milliy g‘oya va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil to‘xtaldi. Shuningdek, u bugungi kunda yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va jamiyatdagi faolligini ta’minlash maqsadida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.



Shuningdek, mashg‘ulot davomida “Internet va tahdidlar” mavzusida batafsil ma’lumot berildi. Unda internetdan maqsadli foydalanish, berilayotgan ma’lumotlarni ishonchliligini aniqlash, ko‘r ko‘rona ergashib ketmaslik bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.


