Skip to content «MA’RIFAT DARSI» DOIRASIDA MA’RUZA MASHG’ULOTI O’TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«MA’RIFAT DARSI» DOIRASIDA MA’RUZA MASHG’ULOTI O’TKAZILDI

14:36 25.03.2025

Bugun, 25-mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti prorektori Bahromjon Abdullajonov tomonidan talabalarni yurtimizda olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirish va ularning shaxsiy va kasbiy salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni o’zlashtirish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlardagi faolligini oshirish maqsadida talabalar uchun «Ma’rifat darslari» doirasida ma’ruza mashg’uloti o‘tkazildi.

Dastlab, prorektor B.Abdullajonov talabalar bilan samimiy muloqot qildi va ularga mamlakatimizda ta’lim tizimida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar, tibbiyot sohasidagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Mashg’ulot davomida prorektor talabalarga o’z salohiyatlarini to’liq amalga oshirish uchun zaruriy sharoitlar, ilmiy ishlar va innovatsion loyihalar uchun qo’llab-quvvatlash mexanizmlari mavjudligini aytib o’tdi. Shuningdek, institutda talabalarning kasbiy rivojlanishi uchun imkoniyatlar mavjudligi, ulardan unumli foydalangan holda yoshlarni yanada ko’proq startup loyihalarda ishtirok etishga chaqirdi.

«Ma’rifat darsi» doirasida zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish va innovatsion g‘oyalar bilan faol shug‘ullanish muhim ahamiyat kasb etilishi aytib o‘tildi. Yangi loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashish orqali talabalarning nafaqat o‘z salohiyatini, balki jamiyatning rivojlanishiga qo’shgan hissasini ham oshirishi mumkinligi e’tirof etildi.

adti.uz
Would like to send you notifications