“Ma’rifat maydoni” Respublika ko‘rik-tanlovi chin ma’noda iqtidorlilarni kashf etishda davom etmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, ularning ma’naviyat va ma’rifatga qiziqishlarini yanada oshirish hamda iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yarata olayotgan mazkur tanlov Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.
Andijon davlat tibbiyot institutining yangi o‘quv binosida tanlovning institut bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda barcha fakultetlarning jamoalari ishtirok etib, “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra,
1-o‘rinni – Stomatologiya fakultetining “Cho‘lpon izdoshlari”;
2-o‘rinni – Farmatsiya fakultetining “Yosh ma’rifatparvarlar”;
3-o‘rin – Davolash fakultetining “So‘nmas yulduzlar” jamoasi hamda Pediatriya fakultetining “Bobur izdoshlari” jamoasi egalladi.