alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«MA’RIFAT ULASHIB» LOYIHASI DOIRASIDA ADABIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI

16:13 22.05.2024

Bugun, 22-may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti tashabbusi bilan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida “Ijodkorlar va talabalar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda Xalqaro Chingiz Aytmatov nomidagi akademiyaning akademigi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nurali Qobul, Abdulla Qodiriy uy muzey direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Xondamir Qodiriy, Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti dekani,  f.f.n, Bahodirjon Raxmonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim G‘ofurjon Tojiboyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi,  shoir, dotsent Halim Karim ishtirok etdi.

Uchrashuvni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib, adabiyotning insonlar qalbiga qanchalik yaqinligi, o‘ziga xos jozibasi haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘z olgan mehmonlar ulug‘ allomalarning hikmatli so‘zlari, hayotiy tajribalarga asoslangan ibratli fikrlar, she’rlari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu badiiy kecha juda qiziqarli va mushoiraga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Fikrlar fikrlarga ulanib, uchrashuv adabiy suhbat shaklida davom etdi. Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Tadbirning badiiy qismida Maqom ansambli honanda va sozandalari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Iqtidorli o‘quvchi yoshlar she’rlar o‘qidi.

Uchrashuv yakunida ijodkorlarga tashrif va mazmunli suhbat uchun minnatdorchilik bildirildi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!