alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«MA’RIFAT ULASHIB» LOYIHASI DOIRASIDA JAJJI TOMOSHABINLAR UCHUN KONSERT DASTURI NAMOYISH ETILDI

20:58 01.06.2024

Xabaringiz bor, Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida «Maʼrifat ulashib» loyihasi doirasida badiiy dasturlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Bugun,1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni doirasida o‘tkazilgan konsert dasturining tomoshabinlari esa beg‘ubor bolajonlar bo‘ldi.

Konsert dasturida ham bayramona tarzda kuy-qo‘shiqlar yangradi. Iqtidorli talaba-yoshlar badiiy chiqishlarni namoyish etdi. O‘zbekiston filarmoniyasi xonandalari tomonidan kuylangan sho‘x qo‘shiqlar barchani raqsga chorladi. Tadbirda bolajonlar uchun turli qiziqarli o‘yinlar, viktorinalar o‘tkazildi.

Yakunda kichkintoylar jajji qo’llariga Vatan bayrog‘ini tutgan holda ona yurtimizni tarannum etgan qo’shiqqa jo‘r bo‘ldilar. Ertamiz egalarini kelajakda yurtimiz bayrog’ini ulkan yutuqlar bilan dunyo miqyosida eng yuqori o‘rinlarda hilpiratishlariga tilakdoshmiz.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!