alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«MA’RIFAT ULASHIB» LOYIHASI DOIRASIDA KONSERT DASTURI BO‘LIB O‘TDI

22:06 30.05.2024

Bugun, 30-may kuni Andijon shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida Andijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti  tomonidan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida hisobot konsert dasturi o‘tkazildi.

Unda fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan she’r, qo‘shiq va raqslar mahorat bilan ijro etildi.

Tadbir davomida institutning xorijlik talabalari ham o‘z badiiy chiqishlarini namoyish etdi.  Xushovoz honanda G‘.Abdullayevning sho‘x qo‘shiqlari barchani davraga chorladi.

Mazkur konsert dasturida nafaqat institut jamoasi balki aholi vakillari ham faol ishtirok etib, maroqli hordiq oldilar.

Shuningdek, konsert yakunida faol qatnashchilar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!