Bugun, 18-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijdokorlar va talaba-yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Jurnalistlari va Yozuvchilari uyushmalarining a’zosi, shoir, adib, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoni, “Shuhrat” medali,”Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Abdusaid Ko‘chimov, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nurullo Ostonov, shoir va yozuvchi Yahyo Tog‘ayev ishtirok etdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi bayram tadbiri doirasida ham tashkil etildi.









Mehmonlar “Andijon polkasi” sadolari ostida, milliy o‘yinlar va urf-odatlar bilan ko‘tarinki kayfiyatda kutib olindi. Mehmonlar dastlab, institut fakultetlarining erishgan yutuqlari, talabalarning yaratgan ixtirolari, simulyatsion jihozlar yordamida bajarilgan mahorat mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishishdi. Yoshlarning shijoati va intiluvchanligini alohida e’tirof etdilar hamda ularning kelajakdagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyat tiladilar. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi va Davlatimiz bayrog‘iga ehtirom ko‘rsatildi.


Dastavval Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimovning tabrigini Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng, ijodkorlar va talabalar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda ijodkorlar o’zlarining ijodiy faoliyati haqida so‘z yuritdi. Hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Ma’lumot o‘rnida, Abdusaid Ko‘chimov “Kashfiyotchi bolalar”, “Mening O‘zbekistonim”, “Toshburgut”, “Mening yulduzim”, “Chanoq”, “Halqa”, “Ikki bahor”, ”Umid daraxtlari”, “Qiyofa”, ”Yosuman”, “Baland tog‘lar”, “Ko‘zlarimning qarog‘idasan”, “Muhabbat bog‘lari”, “El suv ichgan daryolar”, «Saylanma», «Safar”, “Halqa” va “Hayot hukmi” nomli publitsistik, she’riy va nasriy kitoblar muallifidir. Uning “Baland tog‘lar” qissasi va “Boychechak” hikoyasi asosida ko‘p qismli badiiy filmlar yaratilgan. U tatar adibi M.Xarisovning “Qizil sayyoraga sayohat” nomli qissasi tarjimoni hamdir.
Nurullo Ostonning «Yulduzlar chaqnagan tun», «Bahor raqsi», «Yo’ldagi buloq», «Yuragimning bezovta guli», «Qadim yo’llarda», «Osmon to’la farishta» nomli she’riy to’plamlari nashrdan chiqqan. Ijodkor turkman shoirining «Rangli yomg’irlar» she’riy to’plami hamda Dog’iston xalq shoiri Rasul Hamzatovning «Bir oila farzandlari» nomli she’riy to’plamlarini tarjima qilgan. Hozirda Nurullo Ostonning «Yig’laydigan o’lik», «Rasmiy laqma», «Yeyishib o’tiraylik», «Yollanma xotin» nomli hajviy janrdagi kitoblari nashrga tayyorlanmoqda.
Yahyo Tog‘a esa «Ko‘klam qaldirg‘ochlari», «Qafasdagi burgut», «Tasalli», «Kuyla, hofiz» kabi she’riy kitoblarining muallifi.
Yangiboy Qo‘chqorov Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist. Uning 2012-yilda chop etilgan «Jayhun bo‘lib oqqan so‘z» nomli kitobida 50 mumtoz va hozirgi zamon qoraqalpoq shoirlaridan qilgan tarjimalari, 40 adib hamda shoirlarimiz haqidagi esse, etyudlari berilgan.









Talabalar mehmonlarning she’rlaridan yod oldilar. Badiiy asarlari haqida ma’lumotlar taqdim etdilar. Uchrashuvda ijodkorlar o‘z kitoblaridan namunalarni talabalarga esdalik sovg‘asi sifatida taqdim etdilar. Badiiy kechada talabalarning ham fikrlari, ijod namunalari tinglandi va ijodkorlarga institut rektorining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ekildi.
Tadbir viloyatimiz tumanlarida davom etdi.









