alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MASOFAVIY O‘QITYOTGAN TALABALAR BILAN VIDEOKONFERENSALOQA

13:48 21.04.2021

Ma’lumki, karonavirus bilan kasallanganlar soni kundan-kun ortib bormoqda. Shu boisdan karantin qoidalariga amal qilgan holda dars jarayonlari olib borilmoqda. Ayrim talabalar masofaviy ta’lim olmoqdalar. Institut rektori M. Madazimov masofaviy tarzda o‘qiyotgan 1-bosqich talabalar bilan videokonferensaloqada suhbat olib bordi. Unda asosan talabalar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Suhbat davomida institut rektori talabalarga jamoat joylarida karantin qoidalariga to‘liq amal qilishlari, bo‘lg‘usi shifokor sifatida o‘zi yashayotgan mahalla aholisi bilan suhbat jarayonlarida gigiyena qoidalariga rioya etishni targ‘ib qilish, onlayn dars jarayonlarida faol ishtirok etishlarini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, o‘qituvchilarga darslarda ishtirok etmayotgan talabalarni alohida nazoratga olishlari, har bir onlayn darslarni muntazam olib borishlari lozimligi to‘g‘risida topshiriqlar berildi.

1-bosqich talabalari G. Abdullayeva, D. Rahimov, S. Mo’minova, O. Ashuraliyev, R. Boymirzayevalarning «An’anaviy tarzda o’qish jarayoniga o’tsak bo’ladimi?», «Nazorat ishlarini qanday topshiramiz?»  kabi savollariga rektor va o‘qituvchilar tomonidan atroflicha javob berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!