MAS’ULLAR ISHTIROKIDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZIL – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MAS’ULLAR ISHTIROKIDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZIL

15:12 19.07.2025

Bugun, 19-iyul kuni Andijon davlat tibbiyot institutida korrupsiyani oldini olishga bag’ishlangan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Unda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov, fakultetlar dekanlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar  korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularning oqibatlarini, shuningdek, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash borasidagi vazifalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Qolaversa, ta’lim sifatini nazorat qilish, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik kabi mavzularga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni fan, kasb-hunar, sport to‘garaklariga jalb etish orqali korrupsiya, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish mumkin ekanligi ham ta’kidlandi.

Skip to content