Mehnat huquqlarini ta’minlanishi ish samaradorligi o‘sishining bosh omili

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot institutining Kengashlar zalida institut kasaba uyushma qo’mitasi raisi Sh.Dehqonov, xodimlar bo‘limi boshlig‘i D.Nazarova, institut yuristi T.Abduvaliyev ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Institutning ma’muriyati va bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlar qatnashgan yig‘ilish institutda mehnat qilayotgan barcha xodimlar uchun zarur mehnat shart-sharotilari yaratish, ularning mehnat huquqlarini ta’minlash hamda ish unumdorligini oshirish masalalariga bag‘ishlandi.

Yig‘ilishda so‘z olgan kasaba uyushma qo’mitasi raisi Sh.Dehqonov O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazrligining “Vazirlik va uning tizimidagi xodimlarning mehnat huquqlarini ta’minlash va ish unumdorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 73-son buyrug‘i mazmun-mohiyati xususida so‘z yuritdi.

Mazkur buyruqqa asosan xodimlarning ishga kelishi va ketishi jarayoni nazoratga olinishi hamda shu asosda ishdan tashqari vaqtdagi mehnati uchun qo‘shimcha haq to‘lanishi, qonunchilikda belgilangan ish vaqti doirasida xodimlarining yuqori ish unumdorligini ta’minlash, xodimlarning mehnat ta’tillari o‘z vaqtida berilishi va shu vaqt davomida ularning salomatligini tiklash uchun kasaba uyushmalari orqali amaliy yordam berish kabi masalalar yuzasidan ma’lumot berildi.

Yig‘ilishda ish joyida sog‘lom ishchanlik muhitini yaratish maqsadida mehnat qonunchiligiga qat’iy rioya etilishi, bu borada kafedra va bo‘limlar rahbarlari shaxsiy namuna ko‘rsatishlari zarurligi, mehnat huquqlarini ta’minlanishi ish samaradorligi o‘sishining bosh omili ekanligi xususida fikrlar bildirildi. Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar asosida tegishli qaror qabul qilinishi yuzasidan takliflar bildirildi.

Sh.Dehqonov

ADTI kasaba uyushma qo’mitasi raisi

112