Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“MEN ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TALABASIMAN”

11:28 05.09.2022

Bugun “Bilimlar kuni”. Ta’tildan so’ng talabalar o’qish boshlanishini orziqib kutdilar, ayniqsa, talaba degan sharafli va mas’uliyatli nomga ega bo’lgan yoshlarni aytmaysizmi… Ularning quvonchi bir olam, chunki, ular endi Andijon davlat tibbiyot institutining talabalari bo’lishdi.

“Talabalikka bag’ishlov” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri ham yuqori kayfiyatda o’tkazildi. O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi. Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov talabalarga jonli efirda bayram tabrigini yo’lladi, so’ngra institut rektori M.Madazimov barcha yoshlarni yangi o’quv yili bilan muborakbod etib, institutimizda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi va o’g’il-qizlarga omad tiladi.

Shuningdek, prorektorlar, professor-o’qituvchilar ham talabalikka qabul qilingan yoshlarni qizg’in qutladilar. Ayniqsa, ota-onalar va talabalar mazkur kunni yillab orzu qilishganini to’lqinlanib so’zladilar.Tadbir sho’x kuy-qo’shiqlar bilan yakunlandi.

 

Shundan so’ng, “Mustaqillik dars”lariga start berildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!