O‘zbekiston Respublikasi giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiyani amalga oshirish yuzasidan 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan milliy dasturning 15-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Men giyohvandlikka qarshiman” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilindi.
Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:
- Oliy ta’lim muassasasi bosqichi;
- Hududiy bosqich;
- Respublika bosqichi.
Tanlov yo‘nalishlari:
- Adabiyot yo‘nalishi (mavzuga doir she’r, hikoya, esse, drammatik asar va insholar),
- Tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishi (plakatlar, rasmlar, grafik ishlanmalar, akvarel, naqqoshlik, qo‘lda ishlangan buyumlar).
G‘oliblar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining diplom hamda quyidagi miqdordagi pul mablag‘lari bilan rag‘batlantiriladi:
Adabiyot yo‘nalishida:
1-o‘rin – 6 000 000 (olti million) so‘m;
2-o‘rin – 5 000 000 (besh million) so‘m;
3-o‘rin – 4 000 000 (to‘rt million) so‘m.
Tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishida:
1-o‘rin – 6 000 000 (olti million) so‘m;
2-o‘rin – 5 000 000 (besh million) so‘m;
3-o‘rin – 4 000 000 (to‘rt million) so‘m.
Ijodiy ishlaringizni 2025-yil 8-yanvariga qadar adtitanlovbot.ga yuborishingiz mumkin.
Tanlov nizomi:
Tanlovda ishtirok eting va qishki ta’til vaqtingizni mazmunli o‘tkazing.