Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“MEN SHU AZIZ VATAN FARZANDIMAN” SHIORI OSTIDAGI VIDEOROLIKLAR TANLOVI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

20:37 17.02.2022

Xabaringiz bor 2021-2022-oʻquv yili qishki taʼtili davomida 2021-yil 25-dekabrdan 2022-yil 25-yanvar kuniga qadar talaba-yoshlarni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish maqsadida  institut talabalari oʻrtasida inson qadri uchun “Men shu aziz Vatan farzandiman” shiori ostida eng yaxshi uy sharoitidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovi eʼlon qilingan edi.

Tanlovda 200 dan ortiq talabalar ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar.

Ijodiy ishlar jamlanib, rassom Odiljon Nishonov, Andijon viloyat teleradiokompaniyasi teleradio arxiv fondi bosh mutaxassisi Sarvarbek Sattorov – hakamlar hayʼati tomonidan eng sara asarlar tanlab olindi.

Tanlov natijalariga koʻra, “Men shu aziz Vatan farzandiman” shiori ostidagi ijtimoiy roliklar boʻyicha 1-oʻrin Pediatriya fakultetining 3-bosqich talabasi Jasurbek Turdiboyev Notebook bilan, 2-oʻrin Davolash fakultetining 4-bosqich talabasi Shohjahon Abdurahmonov Planshet bilan, Kasbiy taʼlim yoʻnalishining 3-bosqich talabasi Javohir Xolmirzayev Smartfon bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “Ulugʻimsan, Vatanim!” shiori ostidagi sheʼriy videolavha nominatsiyasi boʻyicha Stomatologiya fakultetining 4-bosqich talabasi Zarnigor Rahmatova,  “Men taʼtilni qanday oʻtkazaman” mavzusidagi eng yaxshi maqola boʻyicha Davolash ishi fakultetining 1-kurs talabasi Abdullahon Nazirov, “Men yoqtirgan fasl” mavzusidagi eng yaxshi onlayn rasm nominatsiyasida Davolash fakultetining 1-kurs talabasi Karina Allaberdiyeva esa bir million soʻm pul mukofoti bilan ragʻbatlantirildi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!