alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASHDA NAVOIY VA BOBUR MEROSI” MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA O‘TKAZILDI

16:02 10.02.2022

Buyuk bobolarimiz mutaffakkir Mir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi haqida maktab darsliklarida o‘rganganmiz va hanuzgacha bu borada bilimlarimizni mustahkamlab kelmoqdamiz. Ularning g‘azal va ruboiylarini yoddan aytib bera olamiz. Bu yetuk siymolarni qancha o‘rgansak, shuncha ko‘p bilamiz.

Andijon davlat tibbiyot instituti Xorijiy tillar kafedrasi hamda O‘zbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Milliy o‘zlikni anglashda Navoiy va Bobur merosi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya adabiyot xazinamizni yanada boyitdi.

Konferensiya avvalida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov so‘z olib, har ikki allomamizning aynan bolalikdan namoyon bo‘lgan fazilatlari, adabiyot va san’at borasidagi ilmiy merosi, xususan birgina bilimda emas, balki odob-ahloq, tarbiya borasida ham tengdoshlariga o‘rnak bo‘la oladigan komil inson sifatida ko‘rsata olganliklarini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng konferensiya ishtirokchilari o‘z taqdimotlarini boshladilar. Dastlab O‘zbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Rahmatovaning “Navoiy va Bobur ijodida ta’lim-tarbiya masalalari” mavzusidagi ma’ruzasi shoirlarning eng yirik “Hayrat ul-abror” hamda “Boburnoma” asarlaridagi ezgulik, rostgo‘ylik, halollik kabi chin insoniylik fazilatlari naqadar yorqin tasvirlanganligini namoyish etdi.

Xorijiy fakultet talabasi M.Abdullohning “Boburni yod etib”, Andijon davlat tibbiyot instituti va Dog‘iston davlat tibbiyot instituti hamkorligidagi Stomatologiya fakulteti talabasi D.Odiljonovaning “Вопросы духовности в произведениях Алишера Навои”, Davolash fakulteti talabalari Sh.Abdurahmonovning “Bobur ijodi insonni komilikka chorlaydi”, Iroda Isayevaning “Bobur hayoti va ijodiy merosi”, H.Inomjonovning “She’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy”, Pediatriya fakulteti talabasi H.Ismoilovning “Bobokalonlarimiz qoldirgan meros” mavzularidagi o‘zbek, rus, ingliz tillaridagi taqdimotlari o‘tkazildi. Shuningdek, iqtidorli talabalar tomonidan g‘azallar o‘qildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!