Skip to content MINI FUTBOL SPORT TURI BO‘YICHA «VAZIR KUBOGI» SPORT MUSOBAQALARI YAKUNLANDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MINI FUTBOL SPORT TURI BO‘YICHA «VAZIR KUBOGI» SPORT MUSOBAQALARI YAKUNLANDI

15:07 22.03.2025

Ma’lumki, yilning 13-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida olimpiya va paralimpiya harakatini yana-da rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish maqsadida bir qator sport tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yilning, 4-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri A.Ikramov oʻrtasida boʻlgan uchrashuv doirasida sport tadbirlarini ommalashtirish boʻyicha shartnoma imzolandi. Mazkur shartnomaga muvofiq Andijon davlat tibbiyot institutida «Vazir kubogi» sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan bugun, 22-mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlar o‘rtasida mini futbol sport turi bo‘yicha final uchrashuvlari o‘tkazildi.

Final o‘yinida «Stomatologiya» jamoasi bilan «Pediatriya» jamoasi maydonda «Vazir kubogi» uchun bellashdi. Murosasiz kechgan musobaqa yakunida 1:0 hisobida «Stomatologiya» jamoasi g‘alaba qozondi.

«Vazir kubogi» uchun mini futbol sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarning yakuni quyidagicha:

1-o‘rin «Stomatologiya» jamoasi
2-o‘rin «Pediatriya» jamoasi
3-o‘rin “Administratsiya” jamoasi
4-o‘rin “Tyutorlar” jamoasi.

G‘olib jamoalar esa 1-o‘rin uchun 12 000 000 (o‘n ikki million) so‘m, 2-o‘rin uchun 10 000 000 (o‘n million) so‘m, 3-o‘rin uchun 8 000 000 (sakkiz million) so‘m, 4-o‘rin uchun 2 000 000 (ikki million) so‘m miqdorida pul mukofoti, diplom, esdalik sovg‘alari hamda 1-o‘rin sohiblari vazir kubogi bilan taqdirlandi. Musobaqaning faol qatnashchilariga tashakkurnomalar taqdim etildi.

adti.uz
Would like to send you notifications