MOLIYA-IQTISOD MASALALARI BO‘YICHA MAS’ULLAR ISHTIROKIDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MOLIYA-IQTISOD MASALALARI BO‘YICHA MAS’ULLAR ISHTIROKIDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

14:14 30.09.2025

Bugun, 30-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov rahbarligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Moliya va iqtisodiyot masalalari bo‘yicha prorektor Z.Mamajonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov, bosh hisobchi A.Rahmonov, katta yuristkonsultant T.Abduvaliyev va boshqalar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida moliya-iqtisod yo‘nalishida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, qurilish-ta’mirlash, davlat xaridlari jarayonida shaffoflik va adolatlilikni ta’minlash, budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish, talon-taroj qilinishining oldini olish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.  Yig‘ilish so‘nggida mazkur mavzular borasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishi yuzasidan mas’ullarga kerakli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Skip to content