Bugun, 7-sentabr kuni Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida joylashgan A.V.Vishnevskiy nomidagi milliy tibbiyot tadqiqot jarrohlik markazining 80 yilligi hamda A.V.Vishnevskiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan katta tantana o‘tkazilmoqda.
Unda MDH davlatlari vakillari, rektor, direktorlar qatori Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov va Ilmiy ishlar innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov ham ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida institut rektori M.Madazimov barchani ushbu tantana bilan tabriklab, markaz direktori Amiran Shotayevich Revishviliga esdalik sovg‘alarini topshirdi.