![](https://adti.uz/wp-content/uploads/2022/04/1-3-scaled.jpg)
“Agar yolg‘iz ersang hamdam kitobdir, Bilim subhidagi nur ham kitobdir!” mavzusida o‘tkazilayotgan kitob haftali nodir asarlarimiz mutolaasiga bag‘ishlandi. Tadbirda Axborot-resurs markazi, ma’naviyat bo‘limi xodimlari va talabalar ishtirok etdi. So‘z olganlar Qodiriyning ijodiy javohiri – “O‘tkan kunlar” hamda “Mehrobdan chayon” tarixiy romanlari, o‘sha davrda xalqning sabr-matonati, ozodlik uchun kurashi, davr harakteri asar qahramonlarida gavdalantirilganligiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Markaz xodimlari va talabalar ijrosida “O‘tkan kunlar” asaridan parcha sahanalashtirildi. Qo‘shiq va raqslar tadbirga yanada fayz kiritdi.