Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf oʻzining xalqchil, soddadil sheʼrlari bilan barchamizning yuragimizga yaqin. Uning tavallud kunini keng miqyosda nishnlaymiz.
Muhammad Yusuf xiyoboni bugun sheʼriyat, adabiyot, sanʼat ixlosmandlarini oʻz bagʻriga chorladi. Mazkur xiyobonda oʻtkazilgan viloyat tadbirida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hamda tadbirda soʻz olganlar shoirning betakror asarlari, insoniy fazilatlari, Vatan, muhabbat, ota-ona, bahor tarovatini aks ettirgan sheʼrlarida nifislik va uygʻoqlik mujassam ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdilar. Xususan, tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi ham munosib ishtirok etdi.
Viloyat musiqali drama teatrining aktyorlari tomonidan ijro etilgan “Mehr qolur” spektakli shoir hayotidan bir lavha boʻldi. Soʻng oʻquvchilar, talabalar tomonidan sheʼrlar oʻqildi.
Vatan madhi kuylangan qoʻshiq sadolari ostida institutimiz talabalari tomonidan shoir poyiga gulchambarlar qoʻyildi, shoirga ehtirom koʻrsatildi.
Viloyat tadbiridan soʻng institutimiz jamoasi va talabalar bilan birga Marhamatga yoʻl olindi. Muhammad Yusufning qabri ziyorat qilinib, haqqiga duolar oʻqildi.