
Andijon davlat tibbiyot instituti patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi assistenti B.Yu.Razaqov Talabalar turar joyidagi o‘ziga biriktirilgan 105-xonaga tashrif buyurdi
Mazkur xonada stomatologiya fakultetining 1-kurs talabalari Bahoridin Xaydboyev va Shohrux Mado‘lojonov hamda 2- kurs talabasi Ismatullo Abdumutaliyevlar istiqomat qilishadi. Talaba yigitlarning barchasi Farg‘ona viloyatidan.
Murabbiy dastlab xonaning tozaligi, sanitar-gigienik holatini ko‘zdan kechirdi va holatdan qoniqdi. Yigitlarga o‘z minnnatdorchiligini bildirdi. Shundan so‘ng talabalar bilan mashg‘ulotlardan so‘ng o‘z vaqtida yotoqxonaga qaytish, bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanishi, sport to‘garaklariga, til o‘rganish o‘quv markazlariga borish yuzasidan suhbatlashdi.
Oraliq nazorat va yakuniy nazoratlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, texnika xavfsizligiga qattiq rioya qilishi, gaz va elektr asboblaridan extiyotkorlik bilan foydalanish kerakligi xaqida ogoxlantirdi. Samimiy suhbat davomida talabalar bo‘sh vaqtlarida tarixiy obidalar, muzeylarga sayoxat uyushtirish, guruhlar o‘rtasida o‘rtoqlik sport musobaqalari o‘tkazish xaqidagi takliflarini bildirdilar.
Murabbiy tashrifi davomida talabalarning qo‘l telefonlari orqali ularning ota-onalari bilan muloqotda bo‘ldi. Ota-onalarga farzandlar bilan doimiy aloqada bo‘lib turishlarini iltimos qildi. Tashrif yakunida murabbiy talabalarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklab pandemiya sharoitida – qishki ta’til davomida e’tibor qaratishlari zarur maslalar yuzasidan topshiriqlar berdi.
ADTI patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi