23 haftalik ish reja asosidagi “Murabbiylik soati”da buyuk miniaturachi musavvir Kamoliddin Behzodning hayoti va faoliyatiga oid maʼlumotlarni talabalarga batafsil yetkazish mavzusida olib borildi. Zoom platformasida olib borilgan “Murabbiylik soati”da “Diydor” radiosi boshlovchisi Bahtiyor Moʻminov Sharq uygʻonish davri yetuk sanʼatkori, muzahhiblar yetakchisi “Ustozi Moniy” faxriy unvoniga sazovor boʻlgan Kamoliddin Behzodning ijodiy asarlari, ularning bugungi kundagi ahamiyati borasida maʼlumotlar berdi. Andijon davlat tibbiyot institutidan ishtirok etgan maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi xodimlari, tyutorlar mavzu borasida oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan javob oldilar.