Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MUSTAQILLIGIMIZ ABADIY BO‘LSIN!

12:25 31.08.2022

Mustaqillik yillarida ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuragimizning tub-tubidan o‘rin olgan.

Bu yil mamlakatimizda mustaqillik bayrami “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oya asosida nishonlamoqda. Sohalarda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson qadri va uning porloq kelajagi uchun xizmat qilmoqda.  Bugun har bir inson O‘zbekiston atalmish muqaddas yurtda yashayotganidan shukronalik hissini tuymoqda.

Aziz institutimiz jamoasi, hurmatli ustozlar va qalbi qaynoq talaba-yoshlar! Sizni va siz orqali oila a’zolaringizni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik ayyomi bilan chin qalbdan, samimiy muborakbod etaman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

 

Madamin Madazimov,

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori

Skip to content Click to listen highlighted text!