Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MUSTAQILLIK OLDI TADBIRLAR AVJIDA

21:40 20.08.2021

Mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonasi arafasidamiz. Barcha jabhalarda boʻlgani kabi Andijon davlat tibbiyot instituti ham mazkur ayyomni oʻzgacha kayfiyat bilan qarshi olmoqda. Institutga biriktirilgan mahalla fuqarolar yigʻinlarida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish barobarida koʻngilochar tadbirlarni ham oʻtkazib kelinmoqda. “Obod” MFYda tashkil etilgan “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” gʻoyasini oʻzida mujassam etgan musiqiy namoyish ham barchaga koʻtarinkilik baxsh etdi.

Tadbirda milliy dorbozlik, paxlavonlik oʻyinlari, illuziya sanʼatlarida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlangʻich tashkiloti faollari hamda Davolash fakultetining talabalari ham bevosita ishtirok etdilar va konsert dasturlarini namoyish etdilar. Ayniqsa, oziq-ovqat va maktab oʻquv-qurollari yarmarkasi ham aholiga manzur boʻldi.

Skip to content Click to listen highlighted text!