(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MUTAXASSISLAR KO‘RIGI O‘TKAZILDI

17:23 03.12.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6110-son Farmoni va 2020-yil 6-noyabrdagi videoselektor yig‘ilishining 88-son bayoni ijrosi bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan Asaka tumanining ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rikda 12 turdagi mutaxassislar – akusher-ginekolog, pediatr, neyroxirurg, nevropatolog, otorinoloringolog, kardiolog, terapevt, dermatovenerolog, travmatolog, urolog, endokrinolog ishtirok etishib, ular tomonidan tumanning 324 nafar yetakchi mutaxassislar ko‘ruviga ehtiyoji bo‘lgan bemorlari ko‘rikdan o‘tkazilib kerakli maslahatlar berildi.


Tuman aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish davom ettirilib, zarur mutaxassislar jalb etilishi davom ettiriladi.

                                                                Davolash (amaliyot) bo‘limi