alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Mutaxassislar tayyorlash davom etmoqda

16:27 26.08.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyati, Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi xodimlari tomonidan Anesteziologiya va reanimatologiya mutaxassisligi buyicha klinik ordinatorlar va magistratura talabalari, shuningdek, Andijon viloyatining barcha tuman tibbiyot markazlarining yondosh mutaxassislikdagi xodimlarni «COVID-19 pandemiyasi sharoitida bemorlarga shoshilinch yordam tamoyillari» mavzusida seminar-trening o’tkazilmoqda. Seminar doirasida virtual simulyatorlar yordamida real sharoitda mahorat darslari tashkil qilindi.

Barchaga ma’lumki, hozirgi pandemiya sharoitida sun’iy o‘pka ventilyasiyasi o‘tkazishni talab qiluvchi bemorlar soni ortib bormoqda. O‘z navbatida mazkur uskuna va apparatlarni ishlatish bo‘yicha mutaxassislarimizning extiyoji ortmoqda. Hozirda Respublikamizning deyarli barcha tibbiyot muassasalarida mavjud bo‘lgan «Aventa M» sun’iy o‘pka ventilyasiyasi apparatini ishga tayyorlash va ishlatish ko‘nikmalari qadammma-qadam tamoyilida batafsil namoyish etilgan holda mahorat-darslari o‘tkazildi.

Jami bo‘lib 85 nafar mutaxassisga seminar-trening o‘tildi. Andijon viloyatidan 20 ta, Farg‘ona viloyatidan 13 ta, Namangan viloyatidan 6 ta, jami 39 nafar anesteziolog-reanimatologlar, shoshilinch yordam mutaxassislari (klinik ordinator va magistrlar) va Andijon viloyati shahar va tuman tibbiyot muassasalaridan 46 nafar yondosh mutaxassislar (LOR, endoskopist, terapevt, pediatr, jarrox, kardiologlar) ishtirok etdilar.
Hozirda (ikkinchi davra) Andijon viloyati shahar va tuman tibbiyot muassasalirdan 69 nafar yondosh mutaxassislar (LOR, endoskopist, terapevt, pediatr, jarrox, kardiologlar) semnar-trening o‘tmoqdalar.

Davolash (amaliyot) bo‘limi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!