
Bugun Аndijon viloyati hokimi Shuhratbek Аbdurahmonov Аndijon davlat tibbiyot instituti bitiruvchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Oʼzbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 6 noyabrda boʼlib oʼtgan videoselektor yigʼilishida chekka hududlarda shifokorlarga boʼlgan ehtiyojni qondirish masalasida soʼz yuritildi.
Jumladan, bitiruvchilar bilan chekka hududlarga joylashgan shifokorlarga imtiyozlar berish, shuningdek, ularga ipoteka asosida uylar berish, ijarada yashashni istagan shifokorlarga ijara pullarini toʼlab berish yoki bir martalik 30 mln soʼmlik moddiy ragʼbat berish xususida fikrlar almashildi.
Bundan tashqari viloyat hokimi 2020 yil fevral oyida boʼlib oʼtgan uchrashuvda talabalar tomonidan bildirilgan qator takliflarning ijrosi yuzasidan suhbat olib bordi.
Аndijon viloyati hokimligi MАTBUOT XIZMАTI