alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

N.N.Bloxin nomidagi milliy onkologiya tibbiy tadqiqot markazi mutaxassislari Andijon davlat tibbiyot institutiga keldilar

16:39 19.04.2019

2019-yil 19-aprel kuni Rossiya Federatsiyasidan tajribali mutaxassislar – N.N.Bloxin nomidagi Milliy onkologiya ilmiy-tekshirish markazi direktori, davolash ishi o’rinbosari I.A.Doroshev, davolash-profilaktika bo’limining mudiri, A.V.Snegovoy, xirurgiya bo’limi ilmiy xodimi , tibbiyot fanlari doktori D.A.Ryabchikov, xirurgiya bo’limining mudiri, kolorektal jarrohlik bo’yicha mutaxassis V.M.Kulushev va aspiranti O.A.Talipovlar Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurishdi.

Institut foyesida rossiyalik mehmonlarni o’quv ishlari bo’yicha prorektor A.Arziqulov, dotsent VMO va QT fakulteti H.Tursunov, tibbiyot radiologiyasi va onkologiya kafedrasi mudiri N.Hakimov, Respublika ixtisoslashtirilgan «Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» Andijon filiali direktori G. Hakimova, kafedra xodimlari va soha mutaxassislari qizg’in kutib oldilar.

ADTI xalqaro hamkorlik bo’limida rossiyalik tajribali mutaxassislar bilan do’stona va samimiy suhbat o’tkazildi.

Shundan so’ng institut kengashlar zalida  «Zamonaviy aspektlar onkologik kasalliklarni erta aniqlash strategiyasi, davolash va profilaktikasi» mavzusida seminar-trening  bo’lib o’tdi. Tadbirni o’quv ishlari bo’yicha prorektor A.Arziqulov ochib berdi. Seminar-treningda rossiyalik soha mutaxassisi I.A.Doroshev «Onkologik kasalliklarda zamonaviy tashxis va samarali davolash» mavzusida ma’ruza qildi. Tadbirda isntitut professor-o’qituvchilari, magistr va talabalar ishtirok etdilar.

Amaliyotchi onkoglar  Respublika ixtisoslashtirilgan «Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» Andijon filialiga tashrif buyurib, bo’limlarda bemorlarni ko’rdilar. Shifokor va bemorlar bilan muloqot chog’ida tegishli maslahat va tibbiy ko’rsatmalar berdilar. Tashrif davomida horijlik mutaxassislar murakkab jarrohlik amaliyotlarida qatnashdilar. Rossiyalik yetakchi mutaxassislar Andijonda bir necha kun davomida bo’lishib, taqdimot-ma’ruza o’qiydilar. Mahorat darslari o’tkazib, jarrohlik amaliyotlarida qatnashadilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!