Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

N.G.ALEKSANDROVGA BAG‘ISHLANGAN XOTIRA KECHASI O‘TKAZILDI

14:16 19.03.2022

Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘dir. O‘tganlarni, ularning hayrli ishlarini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir.

Andijon davlat tibbiyot instituti Patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasida “Inson qadri ulug‘, xotirasi muqadda” mavzusida tibbiyot fanlari doktori, professor N.G.Aleksandrovga bag’ishlangan  xotira tadbiri tashkil etildi.

Nikolay Georgiyevich Aleksandrov 1932-yilda Denov shahrida shifokorlar oilasida dunyoga kelgan. O‘rta maktabni tamomlagach, Samarqand davlat tibbiyot institutida o‘qigan. 1955-yilda institutning sud tibbiyoti kafedrasida aspirant sifatida faoliyat olib borish chog‘ida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1958-yildan Andijon davlat tibbiyot institutining sud tibbiyoti kafedrasida ish boshlagan va 1965-yildan patologik anatomiya kafedrasiga rahbarlik qilgan. 1973-yilda ustoz doktorlik dissertatsiyasini ham muvaffaqiyatli himoya qilgan. Uning rahbarligi ostida esa 5 ta doktorlik, 30 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Ustozning tashabbusi bilan 1995-yil Farg‘ona vodiysida birinchi marta morfologik tashxis bo‘yicha maslahat markazi ochilgan.

Tibbiyot sohasi rivoji, shogirdlariga sud tibbiyoti va patologik anatomiya yo‘nalishida yetuk tajribasini meros qoldirgan N.Aleksandrovning xotira tadbirida kafedra xodimlari, shogirdlari, talabalar ishtirok etdi. Patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi mudiri, dotsent A.Mamataliyev hamda kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha mas’ul B.Razakov ustozning hayoti va faoliyati, sohaga qo‘shgan ulkan xissasi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Tadbirdan so‘ng N.Aleksandrovning hamda Sud tibbiyot kafedrasida uzoq yillar faoliyat olib borgan Aleksandra Sergeyevna Churikovaning qabrlari ziyorat qilindi. Marhumlarning ezgu fazilatlari yod etilib, qur’on tilovatlar qilindi.

Skip to content Click to listen highlighted text!