alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadkikot tibbiyot universitetininng ordinaturasiga Sogʼliqni saqlash vazirligi va «El-yurt umidi» jamgarmasi Tanlovi gʼoliblariga sertifikat topshirish marosimi boʼlib oʼtdi

22:13 05.09.2021

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar oʼzining koʼlami, shiddati va keng qamrovi bilan nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorijlik siyosatchi va mutaxassislarning ham eʼtiborini tortmoqda. Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizdagi yangilanish va islohotlar haqida soʼz ketganda jahon hamjamiyati “Yangi Oʼzbekiston” degan iborani tilga olmoqda. Bunday eʼtirof hech mubolagʼasiz yurtimizdagi shiddatli oʼzgarishlarga berilgan munosib bahodir.

Prezidentimiz Sharq donishmandlarining: “Eng katta boylik — bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros — bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik — bu bilimsizlikdir!” degan hikmatli soʼzlarni misol keltirib, zamonaviy bilimlarni oʼzlashtirish, chinakam maʼrifat va yuksak madaniyat egasi boʼlish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanib borayotganini, nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz aʼzolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun, avvalo, ilm-maʼrifat, yuksak maʼnaviyat kerakligini, ilm yoʼq joyda qoloqlik, jaholat va albatta, toʼgʼri yoʼldan adashish holatlari kuzatilishini taʼkidlagan edi.

Mamlakatimizda “Uchinchi Renessans poydevorini yaratish”ga qaratilgan keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish uchun turli soha va tarmoqlar boʼyicha zamonaviy bilim va koʼnikmalarga ega boʼlgan, salohiyatli fidoyi va izlanuvchan mutaxassis kadrlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Shunga koʼra, davlatimiz rahbari tomonidan jamiyatimizning bilimli va isteʼdodli kadrlarga boʼlgan ehtiyojini uzoq muddatga qondirish, iqtisodiyotni raqobatbardosh mutaxassislar bilan taʼminlash maqsadida taʼsirchan va izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xorijiy mamlakatlardagi eng nufuzli va yetakchi oliy oʼquv yurtlarida tahsil olish uchun yoshlarimizga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Аlbatta, bunday yoshlar avvalo Oʼzbekistonning, el-yurtimizning umidi boʼlib boradilar. Shu bois ularning ona Vatanimiz oldidagi burch va vazifalarining anglashlarida, fidoyi, vatanparvarlar sifatida yangi Oʼzbekistonni bunyod etishda mening ham oʼz hissam boʼladi, degan oliy maqsad bilan oʼqishlarida tarixiy, maʼnaviy bilimlarning oʼrni kattadir.

Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 iyuldagi “N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadkikot tibbiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PK/-5169-son qarorida Sogʼliqni saqlash vazirligi va «El-yurt umidi» jamgarmasiga N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadkikot tibbiyot universitetida 2021/2022 ukuv yilida bir guruh Oʼzbekiston fuqarolarining ordinaturada taʼlim olishini tashkil etish vazifasi qoʼyilgan.

Qarorning ijrosini amalga oshirish maqsadida Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan nomzodlarning 11 ta mutaxassisliklar buyicha Universitet ordinaturasida taʼlim olishga yuborish madsadida hujjatlar qabul qilish va tanlov oʼtkazishni tashkil etish ishlari amalga oshirildi.

Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan olib borilgan ishlar natijasida 174 nafar talabgorlardan 115 nafari Universitet tomonidan xujjatlarni qabul qilish va Tanlov (suxbat) jarayonidan ijobiy oʼtib, test sinovlarida qatnashdilar. Test sinovi natijalariga koʼra mazkur nomzodlardan 57 nafari 70 balldan yuqori ball toʼplab, Universitetga qabul jarayoniga xorijiy talabalar orasida oʼtkaziladigan tanlovda qatnashish huquqiga ega boʼldilar.

Tanlov natijasida Universitetga qabul kvotasiga koʼra 37 nafar nomzodlar mazkur taʼlim muassasasi ordinaturasiga qabul qilinganligini maʼlum boʼlib, ularni “El-yurt umidi” jamgarmasi stipendiyalarini olishga tavsiya etgan.

2021 yil 5 sentyabrь kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadkikot tibbiyot universitetininng ordinaturasiga boʼlib oʼtgan Sogʼliqni saqlash vazirligi va «El-yurt umidi» jamgʼarmasi tomonidan oʼtkazilgan tanlov gʼoliblariga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.

Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimlari, Oʼzbekiston Respubliksi Sogʼliqni saqlash vaziri А.Xadjibaev, “El-yurt umidi” jamgʼarmasi ijrochi direktori А.Bekmurodov soʼzga chiqib, tanlov natijalariga asosan “El-yurt umidi” jamgʼarmasi Vasiylik kengashi qaroriga koʼra 37 nafar nomzodlar Jamgʼarma stipendiatlari deb eʼtirof etilganligi eʼlon qildilar va tanlov gʼoliblariga tantanali ravishda sertifikatlar topshirdilar.

Tadbirda soʼzga chiqganlar yangi Oʼzbekistonni bunyod etishda bilimli, vatanparvar, fidoyi yoshlarning oʼrni qanchalar katta ekanligi, el-yurtimiz xorijiy mamlakatlarda oʼqish imkoniyatini qoʼlga kiritgan yoshlarga qanchalar umid va ishonch bilan qarayotganini alohida taʼkidlab oʼtdilar.

 

 

Jamgʼarma Аxborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!